Hindistonda kurash maydonida o‘zbekona iboralar yangradi
Hindistonning Maharashtra shtatida o‘zbek sporti brendi ostida xalqaro maqomga ko‘tarilgan kurash bo‘yicha o‘tkazilgan “Maharashtra State Beach Kurash Championship” sohil kurashi musobaqasi 450 nafardan ziyod yoshlarni qamrab oldi.
Kurash sport turini yanada ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur chempionat Maharashtra shtati, Sangli tumanida tashkil etildi. Unda 450 nafardan ortiq sportchilar bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘zbekona iboralar “kurash”, to‘xta”, “chala”, yonbosh”, halol”, “gilam”, ta’zim” kabi iboralar bilan boshqarilgan musobaqa sportchilar qatori tomoshabinlarga bir olam zavq bag‘ishladi.
2018 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan sohil kurashi bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, Hindiston kurash federatsiyasi tomonidan munosib taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA