Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda kurash bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda
16:58 / 2022-11-28

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Hindistonning Puna shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha o‘n uchinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 60 ga yaqin davlatidan kurash jamoalari ishtirok etayotgan musobaqada Rizamat Soliyev va Dilfuza Rahmatova murabbiyligidagi terma jamoamiz a’zolari munosib natijalarga erishmoqda.  

Ortda qolgan ikki kunlik bellashuvlar natijasida mamlakatimiz kurashchilaridan 60 kilogrammda Abdulaziz Hamroyev, 66 kilogramm vaznda Artyom Shturbabin va 81 kilogramm vaznda Umid Esonov  raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempioni nomiga musharraf bo‘ldi. Shuningdek, o‘z vaznlarida G‘olib Sulaymonov, Jonibek Qozoqov, Hojar Shapoatova, Olya Hamidova, Shahnoza Bozorova, Felura Ergasheva, Yulduz Muhammadiyeva va Sitora Husanova milliy sportimiz bo‘yicha davom etayotgan chempionatda sovrindorlar safidan joy oldi.  

Bellashuvlarning ikki kunlik sarhisobiga ko‘ra, mamlakatimiz kurashchilari  hozircha 4 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 

28 noyabr kuni jahon chempionatining so‘nggi kunida erkaklar 100  va +100 kilogrammdan ortiq vaznda hamda xotin-qizlar 48 va 52 kilogramm vazn toifalarida chempionat medallari uchun kurash olib boradi.  

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, azaliy qadriyatimiz – kurash musobaqalarining tafsilotlari Hindistondagi bir qator telekanallar orqali namoyish etib borilmoqda.  

T. RO‘ZIEV, O‘zA