Hindistonda koronavirusga qarshi yangi vaksina sinovdan o‘tkaziladi
Hindiston dori vositalari bo‘yicha bosh nazoratchisi mamlakatdagi “Bharat Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi burun-tomoq orqali olinishga mo‘ljallangan vaksina sinovlarini o‘tkazishga ruxsat berdi.
Bu haqda “India Today” nashri xabar qilgan.
Bunda dori vositasi qo‘shimcha doza sifatida qabul qilinishi nazarda tutiladi.
Ta’kidlanishicha, bunday vaksinaga birinchi bo‘lib Hindistonda ruxsat berilmoqda. “Bharat Biotech” vaksinasi omikronga qarshi kurashda samarali bo‘lishi taxmin qilinmoqda.