Hindistonda ko‘chki oqibatida 100 ga yaqin kishi yo‘qoldi
Hindiston shtati Dharali tumanida to‘satdan yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqini va ko‘chki kuzatildi. Ayni payt qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.
"Hindustan Times" nashri rasmiylarga tayanib “jiddiy” falokat to‘rt kishining yostig‘ini quritgani, 100 ga yaqin insonning taqdiri hali noma’lumligi haqida yozgan.
Hatto, maxsus favqulodda amaliyot doirasida mintaqaga yuborilgan 11 harbiy xizmatchi ham bedarak yo‘qolgan. Ularning ikki nafari keyinroq qutqarilgan.
Toshgan suv uylar, sayyohlar turar joylarini vayron qilgan. Ayrim hududlarda maktablar yopilgan.
M.Pirmatova, O‘zA