Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda karantin muddati yana uzaytiriladi
15:13 / 2020-05-13

Hindistonda karantin rejimi yana uzaytiriladi, karantinning qanday kechishi haqida keyinroq maʼlum qilinadi, dedi mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi.


Hindistonda karantin rejimi yana uzaytiriladi, karantinning qanday kechishi haqida keyinroq maʼlum qilinadi, dedi mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi.

“Ekspertlarning taʼkidlashicha, koronavirus hamon tarqalyapti. Ammo biz hayotimizni koronavirus nazorat qilishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Biz niqob taqamiz va ijtimoiy masofani saqlaymiz, ammo orzu qilishdan voz kechmaymiz. Izolyatsiya rejimining toʻrtinchi bosqichi boshqacha tartibda boʻladi, bunda shtatlar ilgari surgan takliflarga asoslanamiz. Yangi tartiblar 18-mayda eʼlon qilinadi“, – degan Narendra Modi. U pandemiya boshlanganidan buyon aholisiga qarata beshinchi bor murojaat qilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar 70,7 ming kishini tashkil etmoqda, 2 ming 293 kishi ofat qurboni boʻldi.