Hindistonda “Doc-1 Max” bo‘yicha tekshiruv boshlandi
“Sk Todays News” nashrining xabariga ko‘ra, Hindiston hukumati “Doc-1 Max” preparatini ishlab chiqaruvchi “Marion Biotech” farmatsevtika fabrikasiga nisbatan tekshiruv boshlab yubordi.
Tekshiruv Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti va Uttar-Pradesh shtatining Dorilarni nazorat qilish va litsenziyalash bosh boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda. Bosh boshqarma O‘zbekiston tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ragani aytiladi.
“Marion Biotech” matbuot kotibi Xasan Xarris O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari bu masalani ko‘rib chiqayotganliklari va tekshiruv o‘tkazayotganliklarini tasdiqladi.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandaviya dori namunalari Chandigarxdagi mintaqaviy dori sinov laboratoriyasiga yuborilgani va tahlillar asosida hukumat tomonidan keyingi choralar ko‘rilishini aytdi.
O‘zA