Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston YeI avtomobillari uchun bojlarni pasaytirmoqchi
10:12 / 2026-01-26

Hindiston Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo kelishuvi arafasida avtomobillar importiga qo‘yilgan eng yuqori bojlarni keskin kamaytirishga tayyor. Manbalarga ko‘ra, 70-110 foizgacha yetadigan bojlar YeIdan olib kiriladigan ayrim transportlar uchun darhol 40 foizga tushiriladi, keyingi yillarda esa bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi. Bu uzoq yillar davomida himoyalangan avtomobil bozorini ochish yo‘lidagi eng katta qadam sifatida baholanmoqda.

Kelishuv dastlab narxi 15 ming yevrodan yuqori bo‘lgan va yiliga taxminan 200 ming dona ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni qamrab oladi. Elektromobillar esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar – “Tata Motors” va “Mahindra” manfaatlarini himoyalash uchun dastlabki besh yil boj imtiyozlaridan chetda qoladi, keyinchalik ular ham umumiy tartibga qo‘shiladi.

Bu qaror Yevropaning “Volkswagen”, “Renault”, “Stellantis”, “Mercedes-Benz” va “BMW” kabi brendlari uchun hind o‘lkasida import orqali faolroq ishlash, bozorni sinab ko‘rish va keyinroq ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi. Ayni paytda Yevropa ishlab chiqaruvchilari Hindistonning 4,4 millionlik yillik avtomobil bozorida 4 foizdan kam ulushga ega, bozor esa asosan “Suzuki” hamda mahalliy “Tata” va “Mahindra” “qo‘lida”.

Agar kelishuv rasman e’lon qilinsa, u nafaqat avtomobil sohasida, balki AQSH tariflari bosimi ostida qolgan Hindiston eksportchilari – to‘qimachilik va zargarlik sanoati uchun ham “yangi nafas” bo‘lishi kutilmoqda. 

Musulmon Ziyo, O‘zA