Hindiston yana Rossiya neftini sotib olmoqda
Hurmuz bo‘g‘ozidagi keskin vaziyat neft ta’minotida uzilish yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirni kuchaytirdi. Shu bois Hindiston neftni qayta ishlash korxonalari yana Rossiya neftini yana xarid qila boshladi.
“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, avval Janubi-sharqiy Osiyoga yo‘naltirilgan kamida uch tanker yo‘nalishini o‘zgartirib, Hindiston portlari tomon burilgan. “Odune”, “Matari” va “Indri” kemalari jami qariyb 2,16 million barrel “Urals” rusumli rus neftini tashimoqda.
tgan yil yozda RFdan Hindistonga neft yetkazib berish hajmi sutkasiga 2 million barrel atrofida edi. Shu yil fevral oyiga kelib, bu ko‘rsatkich 1,1 million barrelgacha kamaygan.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA