Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston va Xitoy chegarada tinchlik o‘rnatadi
12:43 / 2023-10-12

Hindiston va Xitoy harbiylari chegarada tinchlik o‘rnatish, xotirjamlikka erishish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, ikki mamlakat harbiylari chegara masalasini ham tezroq hal qilishga qaror qildi, deyiladi Xitoy mudofaa vazirligi tarqatgan xabarda.

Hindiston va Xitoy 9-10 oktyabr kunlari korpus qo‘mondonligi darajasida muzokaralarning 20-davrasini o‘tkazdi. Muloqot Chushul-Moldo chegara punktida bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar o‘rtadagi muammolarni harbiy yoki diplomatik yo‘l bilan hal qilish masalasida bir to‘xtamga kelgan.

Hindiston bilan Xitoy o‘rtasida Arnachal-Pradesh shtati shimoli-sharqidagi 60 ming kvadrat/kilometr joy hamda Kashmir sharqidagi tog‘li hudud kimga tegishliligi borasida bahs-munozara davom etib keladi. Mazkur hududdagi ikki mamlakat chegarasi chizig‘i Ladakx mintaqasidan o‘tgan. 1962 yil shu masala qurolli mojaroga aylangandi.

2020 yil may oyida Ladakxda yana qurolli qarama-qarshilik yuzaga keldi. 2021 yil fevralga kelib, har ikki davlat mintaqadagi qo‘shinini olib keta boshladi. Binobarin, chegara muammosi hamon hal qilingani yo‘q, muzokara davom etmoqda.