French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston va O‘zbekiston: Bir yillik mehnat samarasi (+video)
19:24 / 2024-10-23

Dunyo xalqlari bilan hamjihat, totuv yashash, qolaversa hozirgi tez rivojlanayotgan davrda “qo‘lni qo‘lga berish” muvaffaqiyat kalitidir.

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatiya akademiyasida “Janubiy va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirishda Hindiston va O‘zbekiston istiqboli” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet va akademiya rahbariyati, o‘qituvchilar, Hindiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmanistonning Toshkentdagi elchilari, shuningdek mualliflar, talabalar ishtirok etdi.

JIDU Diplomatiya akademiyasi va Hindiston – Markaziy Osiyo jamg‘armasi homiyligidagi mazkur asar o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etildi.

Oliy o‘quv yurti birinchi prorektori Akrom Umarov davlatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalar, mushtarak urf-odat va an’analar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotgani, ushbu sa’y-harakatlar turizm va ta’lim sohasi rivojiga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Bir yil davomida tayyorlangan, tarix, siyosat, iqtisodiyot, sarmoya, xavfsizlik va madaniyat sohalarini qamrab olgankitobda zamonaviy dunyoda tobora dolzarblashayotgan mavzular yoritilgan. Tadqiqot mintaqalar aro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shishi shubhasiz.

Hindistonning respublikamizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi tufayli turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Mazkur qo‘llanma chop etilishida ishtirok etgan barcha insonlar mehnatini yuqori baholadi. Diplomat ikki mamlakat olimlari hamkorligi umumiy munosabatni rivojlantirish, hamkorlikning yangi ufqlarini ochishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Akademiya direktori A.Haydarov, jamg‘arma rahbari doktor Ramakant Dvivedi, ICAF boshqaruv kengashi a’zosi, kitob mualliflaridan biri Anil Sharma ilmiy doiralar sherikligini davom ettirish zarurligiga urg‘u berdi.

Uchrashuv so‘ngida JIDU Diplomatiya akademiyasi va Hindiston – Markaziy Osiyo jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ieXWGZ3wLwc" title="Hindiston va Oʻzbekiston: Bir yillik mehnat samarasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA