Hindiston Ukrainadagi ziddiyatga yechim topish uchun Rossiya bilan har qanday hamkorlikka tayyor
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotida Ukrainadagi ziddiyatga imkon qadar tez muddatda yechim topish uchun har qanday hamkorlikka tayyorligini aytdi.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Kremlning matbuot xizmati ma’lumotida: “Modi ziddiyat tezda bartaraf etilishi uchun har qanday hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi”, deyilgan.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Hindiston bosh vaziri so‘roviga ko‘ra rossiyaliklar delegatsiyasining ukrain delegatsiya bilan olib borayotgan muzokaralarning borishi haqida ma’lumot bergani aytilmoqda.