Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston - Tinch okeani iqtisodiy dasturi ishtirokchilari uchrashadi
14:08 / 2022-07-25

26 iyul kuni AQSHda Hindiston - Tinch okeani iqtisodiy dasturi (IPEF)ga a’zo 14 davlat vakillarining virtual uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar qildi.

Uchrashuvga AQSH Savdo kelishuvi bo‘yicha vakili Ketrin Tay va AQSH Savdo vaziri Jina Raymondo raislik qiladi. Yig‘ilishda savdo, ta’minot zanjiri, “toza” energiya, infratuzilma, shuningdek, soliq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinadi. Ushbu dasturga joriy yil may oyida AQSH Prezidenti Jo Baydenning Tokioga tashrifi doirasida asos solingan. Ma’lumotga ko‘ra, Osiyoda ekologik, mehnat va boshqa standartlarni takomillashtirish vositasi bo‘lgan IPEFga AQSHdan tashqari Avstraliya, Bruney, Fiji, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Tailand va Vetnam mamlakatlari a’zo.

G. Abdullayeva, O‘zA