Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston sharqida odamlarni yashin urdi
12:17 / 2025-07-18

Hindistonning sharqiy qismidagi musson bo‘roni chog‘ida chaqmoq chaqib, kamida 33 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam jabrlandi, deya xabar bermoqda rasmiylar.

Shtat tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi bayonotida chorshanba va payshanba kunlari yuz bergan kuchli to‘fon tufayli Bihor hududida insonlar qurbon bo‘lgani ma’lum qilingan. Fojiaga asosan fermerlar, ochiq havoda ishlaydigan ishchilar uchragan.

Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir, chaqmoq to‘xtagani yo‘q.

Mintaqa tabiiy ofatlarni boshqarish vaziri Vijay Kumar Mandal ta’kidlashicha, tegishli amaldorlarga favqulodda vaziyatdan ogohlantirish va zarur ehtiyot chorasini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Hukumat yashin urishi oqibatida halok bo‘lganlar oilalariga 4 million rupiy (4 600 dollar) miqdorida tovon to‘lanishini e’lon qildi.

M.Pirmatova, O‘zA