Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Rossiya neftidan voz kechishga tayyor
14:22 / 2026-02-03

AQSH va Hindiston o‘rtasida savdo hamda energetika sohalarida muhim kelishuvga erishildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazilgan muzokaradan so‘ng Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Bitimga muvofiq, AQSH Hindistonga nisbatan boj tarifini 25 foizdan 18 foizga tushiradi. Mazkur qaror darhol kuchga kirishi aytilgan. Donald Tramp buni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabat va strategik hamkorlik bilan izohladi.

Ta’kidlanishicha, Hindiston kelgusida neft xaridini asosan AQSHdan, ehtimol Venesueladan ham amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, tomonlar Rossiya va Ukraina mojarosini bartaraf etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Kelishuv doirasida Hindiston AQSH mahsulotlariga nisbatan tarif va tarifsiz to‘siqni kamaytirishga intiladi, energiya resurslari, ko‘mir va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z ichiga olgan 500 milliard dollardan ortiq qiymatga ega Amerika tovarlarini xarid qiladi.    

                                                         F. Yaxshiboyeva, O‘zA