Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston poytaxtida karantin beshinchi bor uzaytirildi
19:13 / 2021-05-24

Hindiston poytaxti Dehli hukumati koronavirus tarqalishi kuchaygani bois karantinni beshinchi bor uzaytirganini e’lon qildi. Endi cheklovlar may oyining oxirigacha davom etadi, deya ma’lum qildi poytaxt bosh vaziri Arvind Kejrival.

"Biz koronavirusning bu galgi to‘lqini qancha vaqt davom etishini bilmagandik. Ammo Dehli aholisi hamkorlik qildi, bir oila a’zolaridek bo‘lib virusga qarshi kurashdi. Ayni damda vaksina tanqisligi sezilmoqda. Biroq ishonamanki, biz bu masalaga ham yechim topamiz", — dedi Kejrival brifing paytida.

Uning ta’kidlashicha, karantinni bekor qilish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Dehli hukumati 19 aprelda karantin e’lon qilgan edi. Faqat hokimiyat organlari, kasalxonalar, politsiya va yong‘inga qarshi kurash xizmati, oziq-ovqat do‘konlari, bank faoliyatlariga, shuningdek, suv, elektr va internet xizmatlariga ruxsat berilgandi.

Hindiston hozir koronavirusga chalinganlar bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar soni mamlakat bo‘yicha jami 26,5 million kishini tashkil etmoqda, 300 mingga yaqin kishi koronavirus qurboni bo‘ldi.