English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston OAV Samarqanddagi turizm tadbirlarini keng yoritmoqda
11:41 / 2023-10-17

Hindiston ommaviy axborot vositalari BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 25-sessiyasi doirasidagi tadbirlarni keng yoritmoqda.

“VOTT” ommabop sayyohlik jurnali muharriri Ray Umraopati Rey o‘quvchilar e’tiboriga Samarqandda YUNVTO hamkor a’zolarining 44-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgani haqidagi maqolani havola etdi. Yig‘ilishda o‘zaro turizm maqsadlariga erishish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalasi muhokama qilinganiga e’tibor qaratilgan.

“Davlat-xususiy sherikligi orqali turizmni rivojlantirish” mavzusi doirasida 100 dan ziyod hamkor a’zolar muvozanatli va sifatga yo‘naltirilgan a’zolikni kengaytirish bo‘yicha joriy strategiyani baholab, kelgusidagi sheriklik loyihalarini ilgari surdi”, - deb yozgan muallif.

Tadbir davomida YUNVTOning 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Faoliyat dasturi loyihasiga hamkor a’zolar tomonidan 50 ga yaqin taklif taqdim etilgani ham ma’lum qilingan.

– Uchrashuvda hamkor a’zolar tuzilma bilan ta’lim va turistlarni himoya qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha aloqani mustahkamlashi zarurligi ta’kidlandi, – deydi VOTT muharriri. – Tadbir ishtirokchilari hamkor a’zolarning davlat-xususiy sherikligini rag‘batlantirish orqali global turizmni rivojlantirishga sodiqligini ma’qulladi.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sayyohlik tashkiloti a’zolari uch toifaga bo‘lingan. To‘laqonli a’zo maqomi suveren davlatlarga beriladi. Tashqi aloqa olib bormaydigan hududlar (hududlar guruhi) tegishli a’zo davlat roziligi bilan assotsiatsiyalashgan a’zolikka qabul qilinishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar, turizmdan manfaatdor bo‘lgan hukumatlararo va nodavlat tuzilmalar, shuningdek, faoliyati YUNVTO maqsadiga mos keladigan tijoriy birlashmalarga hamkor a’zo maqomi taqdim etiladi.

O‘zA