Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Hindistonning mikro gidroelektr stansiyalar qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Makleg” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Joriy yilda Andijon viloyatida 41 ta mikro gidroelektr stansiya qurish rejalashtirilgan. bugungi kunda mazkur yo‘nalishda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Mikro GESlar qurish bo‘yicha Xitoy va Hindiston davlatlari mutaxassislari bilan hamkorlik olib borilmoqda.

Hindistonning “Makleg” kompaniyasi vakili Balram Bhatvaj bilan uchrashuvda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan oqib o‘tuvchi “Ulug‘nor” kanali, Andijon tumani hududidagi kanal hamda Xonobod shahridagi “O‘ng qirg‘oq” kanalida mikro GESlar qurish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida tomonlarning hamkorlik, amalga oshiriladigan loyihalar borasidagi taklif, fikr va mulohazalari eshitildi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududlarda mikro GESlar qurish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash yuzasidan kelishib olindi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA