Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston kompaniyalari O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqish bildirdi
12:07 / 2024-06-28

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonga amaliy safari davomida O‘zbekiston – Hindiston biznes forumida qatnashdi.

Forumda Hindistonning 20 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi.

Forum doirasida, delegatsiya a’zolari keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.  

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov O‘zbekiston farmatsevtika sohasiga investitsiya kiritish afzalliklari, chet ellik investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida va "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri haqida batafsil ma’lumot berdi.

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiya a’zolari "Hetero Labs Limited" kompaniyasi zavodida ham bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqishi kattaligi va mahalliy ishlab chiqazuvchilar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

"Hetero Labs Limited" – Hindistonning beshta yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab 38 ta ishlab chiqarish zavodiga ega va 145 mamlakatda faoliyat olib boradi.

Mezbon tomon kelgusida klaster faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar qilish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.  

M.Qosimova, O‘zA