Hindiston hukumati kanadalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi, deb xabar berdi “ANI” agentligi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
“Diplomatga besh kun ichida Hindistonni tark etishi zarurligi aytilgan. Bu Kanada diplomati Hindiston ichki ishiga aralashayotgani, hindlarga qarshi faoliyatda qatnashayotganidan hukumatning ortib borayotgan tashvishini aks ettiruvchi qarordir”, deyiladi TIV bayonotida.
19 sentyabr kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning parlamentdagi chiqishidan so‘ng hindistonlik diplomat ushbu mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi. Kanada maxsus xizmatlari Britaniya Kolumbiyasida sikx separatisti Xardip Singx Nidjar o‘ldirilishida Hindiston hukumatini ayblagani aytiladi.

Tryudo xorijiy hukumatning mamlakat fuqarosini o‘ldirishdagi har qanday ishtiroki “qabul qilib bo‘lmas qoidabuzarlik” hisoblanadi, deya ta’kidlagan.
Hindiston bu ayblovni “mantiqsiz, o‘ylab topilgan”, deb rad etgan.
Kanada TIV mamlakatdan Hindistonning Ottavadagi Tashqi razvedka agentligi tadqiqot va tahlil bo‘limi boshlig‘i Pavan Kumar Ray chiqarib yuborilganiga aniqlik kiritgan.