Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Harbiy kolleji vakillari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini e’tirof etishdi
13:28 / 2025-11-06

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatning tashqi siyosatini xalq va davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi yo‘nalishda izchil davom ettirishni nazarda tutadi.

Unda sheriklar bilan an’anaviy, o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish kabi muhim maqsadlar doirasida o‘nlab vazifalar belgilab olingan.

Shu bilan birga, jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsad qilingan.

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy kolleji vakillari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Bunyod Tillaxo‘jayev kelgusi yillarda mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan strategiyaning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. Hujjatning beshinchi yo‘nalishi – “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazoratining ahamiyati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari haqida ham ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida markaz vakili xorijlik harbiylarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shundan so‘ng, Hindiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy kolleji tinglovchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqida o‘z taassurotlarini bildirishdi. Ular “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat rivoji va istiqboli uchun muhim hujjat ekanini e’tirof etishdi.

A.RUSTAMOV,  O‘zA