Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston G20 yetakchilari sammitiga takliflarni jo‘natdi
21:30 / 2023-03-15

Biroq davlat rahbarlaridan kim sammitda qatnashishi haqida gapirishga hali erta, deb ma’lumot bergan G20 bo‘yicha hindistonlik mas’ul Amitabx Kant.

“Rasmiy takliflar jo‘natilgan, biroq kimlar taklifni qabul qilgani haqida gapirishga hali erta”, – degan Kant jurnalistlar uchun maxsus uyushtirilgan brifingda.

Kantning ta’kidlashicha, G20 tadbirlariga kelish uchun yigirmata mamlakatdan jami 43 ta ishtirokchi taklif qilingan. Ularning to‘qqiz nafari maxsus taklif etilgan davlat rahbarlari va Xalqaro tashkilotlar vakillaridir.

“Katta yigirmatalik” sammitiga raislik qilishni Hindiston o‘tgan yilning 1 dekabrida qabul qilib olgan edi. Nyu-Dehli raisligi davomida yigirmatalik doirasida 200 dan ortiq uchrashuvlarni tashkil etishi kerak. G20 yetakchilari sammiti shu yil 9-10 sentyabr kunlari Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin raislik Braziliyaga o‘tadi.