English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Fransiyadan 114 ta qiruvchi samolyot xarid qiladi
10:56 / 2026-02-19

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Hindistonga to‘rt kunlik rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida yirik harbiy shartnoma imzolanishi kutilyapti.

Aniqrog‘i, Hindiston o‘z Havo kuchlari va Harbiy-dengiz floti salohiyatini yuksaltirish uchun jami 114 ta "Rafale" qiruvchi samolyoti sotib olishni rejalashtirgan. Mazkur shartnoma qiymati taxminan 30 milliard yevroni tashkil etadi.

Garchi kelishuvning asosiy sharti tashrif arafasida e’lon qilingan bo‘lsa-da, texnik va tijoriy tafsilot bo‘yicha muzokara hali davom etyapti. Darvoqe, Hindiston avval ham Fransiyadan 62 ta shunday uchoq olgan.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA