French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston: Fermerlar norozilik bildirmoqda, "Twitter" akkauntlarni tiklaydi
16:52 / 2021-02-02

Hindistonda e’tirozlarni inobatga olgan holda, “Twitter” hukumat tomonidan qonuniy ogohlantirishga javoban cheklangan o‘nlab akkauntlarni tikladi. Bu haqda mamlakat rasmiylari bayonot bergan.

Ta’kidlash kerak, bu voqealar qishloq xo‘jaligini isloh qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qarshi davom etayotgan fermerlar noroziligi bilan bog‘liq.

Ayni guruh tarkibiga dehqonlar rahbarlari, faollar va shu bilan birga yangiliklar jurnali ham kirgan.

Namoyish uch oydan buyon davom etib kelayotgani tufayli ko‘plab dehqonlar poytaxt Dehli chekkasida qarorgoh qura boshladi.

Hukumat rasmiylari “Twitter”ga o‘zlarining 250 ga yaqin akkaunt va tvitlarini joyladi. Bular, asosan, jamoat xavfsizligiga tahdid, deb hisoblangan xabarlarda qayd etilgan.

Jarayon bilan bog‘liq ikki yirik aksiya - “Kisan Ekta Morcha” va “Tractor2Twitr” ushlab qolindi.

“Twitter”, shuningdek, “Caravan” yangiliklar jurnali, aktyor Sushan Singh va boshqa qonunchilar akkauntlarini ham bloklab qo‘ygan.

Dehqonlar yetakchisi Kishan Ekta Morchaning fikricha, hukumat tarmoqdagi ularning jamoasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab hisoblarni yopib qo‘ygan. “Bu juda ajablanarli. Hukumat fermerlar tarafdorlari ovozini bostirishga urinmoqda” – dedi u “BBC”ning Hindiston bo‘limiga.

Binobarin, kecha tunda aksariyat akkauntlar tiklangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Umuman, Dehli atrofidagi uch hududda mobil Internet xizmati to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bu yerda fermerlar qishloq xo‘jaligiga oid yangi qonunlarga qarshi chiqishda davom etyapti.