English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston elchisi SamDUda
17:47 / 2024-09-23

Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda oliy o‘quv yurti axborot xizmati ma’lum qilgan.

Xorijlik diplomat va oliygoh rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida fan, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, muhandislik, biokimyo, yadro fizikasi, agrobiotexnologiyalar sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rustam Xolmurodov SamDU huzurida Hindiston universitetlari bilan qo‘shma ilmiy markazlar tashkil qilib, kambag‘alikka qarshi kurashish, barqarorlikni ta’minlash, gidrologiya, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga birgalikda yechim topish taklifini bildirdi.

Elchi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, hamkorlik istiqbolli bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Qayd etish joiz, ushbu ta’lim dargohida 8 nafar hindistonlik professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatyapti. 10 ga yaqin SamDU tadqiqotchilari esa Hindistonning nufuzli universitetlarida malaka oshirib kelgan.

O‘zA