Hindiston chegarani dron yordamida kuzatish tizimini yaratadi
Hindiston Pokiston va Xitoy bilan chegarada dron kuzatuvini o‘rnatadi, deb yozdi “The Times of India” gazetasi.
Xabarda ta’kidlanishicha, mamlakat Mudofaa vazirligi oltita uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashgan. Ta’minot shartnomasi noyabrda e’lon qilinishi kutilyapti.
Chegara kuzatuv tizimida uzoq vaqt havoda qola oladigan, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan drondan foydalanish mo‘ljallanyapti.
22 531 km quruqlik va dengiz chegarasi bo‘ylab uchuvchisiz kuzatuv tizimi o‘rnatish uchun 18 oy vaqt kerak, deyiladi maqolada. Qayd etilishicha, ushbu maqsadlar uchun xarajat, taxminan, 500 million dollarni tashkil qilishi mumkin.