Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston BMTda KXDRning raketa uchirishini qoraladi
12:11 / 2022-11-22

Hindistonning BMTdagi doimiy vakili Ruchir Kamboj Xavfsizlik kengashida so‘zga chiqib Shimoliy Koreyaning yaqinda ballistik raketa uchirganini qoraladi.

"Hindiston Shimoliy Koreyaning yaqinda qit’alararo ballistik raketa parvozini amalga oshirganini qoralaydi. Ushbu parvoz o‘tgan oyda uchirilgan boshqa ballistik raketalarning davomi bo‘ldi", – dedi Kamboj.

“Ushbu sinovlar Xavfsizlik kengashining KXDR bo‘yicha qabul qilgan rezolyutsiyasiga ziddir. Bunday parvozlar mintaqa va boshqa hududlar tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladi”, dedi u.

Shimoliy Koreya 18 noyabrda qit’alararo ballistik raketa uchirgan edi. U 1 ming kilometrga yetib borgan va Xokkaydo oroliga 200 kilometr qolganda suvga qulab tushgan. Yaponiya mudofaa vazirligining baholashicha, bunday raketalar odatdagi trayektoriya bo‘yicha uchirilsa 15 ming kilometr uzoqlikka yetib boradi va AQSH hududidagi nishonni ham ura oladi.