English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston bilan investitsiyaviy va savdo hamkorlik yanada rivojlanadi
10:44 / 2022-07-29

Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Hindiston Respublikasi temir yo‘llar, savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal bilan uchrashdi.

Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.

2022 yilda tovar ayirboshlash hajmi 30 foiz o‘sgani qayd etildi. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, sheriklikda qator yirik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish ortayotgani aytib o‘tildi. Andijon viloyatidagi "Sadilla Pharmaceuticals" kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 50 million dollarlik dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi, "Pratiksha Hospital Group" bilan hamkorlikda Samarqandda 8,5 million dollar investitsiya evaziga tashkil qilingan tibbiy klinika shular jumlasidan.

Muzokara davomida moliyaviy-texnik hamkorlik masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, Hindiston Eksimbanki tomonidan 4 ta ustuvor ijtimoiy va infratuzilmaviy loyiha uchun ajratilgan 448 million dollarni o‘zlashtirish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari faoliyatini jadallashtirishga kelishildi. Olib borilayotgan ishlarni monitoring qilish maqsadida hindistonlik mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirildi.

Multimodal transport yo‘laklari mintaqaviy tarmog‘ini rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit yuk tashishni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida transport jihatidan o‘zaro bog‘liklikni mustahkamlash masalasi alohida tartibda ko‘rib chiqildi.


O‘zA