Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston 25 foizlik bojga duchor bo‘lmoqda
12:15 / 2025-07-31

AQSH prezidenti 1 avgustdan boshlab Hindistondan import qilinadigan mahsulotlarga 25% boj joriy etishini, shuningdek, Dehliga nisbatan Rossiya nefti va qurol-yarog‘ini xarid qilgani uchun “qo‘shimcha jarima” qo‘llanilishini e’lon qildi.

Tramp Hindistonni “do‘st, ammo dunyodagi eng yuqori tariflarga ega davlatlardan biri” deb atadi. Hindiston hukumati esa o‘z manfaatlarini himoya qilishini va “adolatli, muvozanatli savdo bitimi”ga intilayotganini bildirdi. Hozirda AQSHning ushbu mamlakat bilan savdo taqchilligi $45,8 mlrdni tashkil etadi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi va sut mahsulotlari asosiy kelishmovchilik nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar Hindiston fermer bozoriga kirishni xohlaydi, rasmiy Dehli esa oziq-ovqat xavfsizligi va fermerlarning manfaatlarini himoya qilmoqda.

Hindiston savdo vaziri Piyush Goyal “kelishuvga umid katta”ligini aytar ekan, Tramp bozorlarni kengroq ochadigan bitimlar bo‘yicha qat’iy turishini bildirdi. Taraflar ikki tomonlama savdoni 2024 yildagi $190 mlrddan $500 mlrdgacha oshirishni maqsad qilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA