Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hind koni portladi, qurbonlar 18 kishi
15:23 / 2026-02-06

Hindiston shimoli-sharqidagi Megalaya shtatida noqonuniy ravishda faoliyat yuritgan ko‘mir koni portladi. Oqibatda kamida 18 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC yozgan.

Hodisa 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida Sharqiy Jayntiya tepaligida sodir bo‘lgan. Qutqaruv amaliyoti davom etyapti, ayrimlar hamon yer ostida bo‘lishi mumkin.

Mahalliy politsiya ma’lum qilishicha, fojia “rat-hole mining” deb ataluvchi o‘ta xavfli qazish jarayoni bilan bog‘liq. Odatda ishchilar bu usulni maxsus ochilgan tor va pastqam yer osti yo‘llarida qo‘llaydi. Qayd etilishicha, mazkur usul Hindiston Milliy yashil tribunali tomonidan 2014 yil to‘liq taqiqlanganiga qaramay, ayrim hududlarda uchrab turadi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, portlashga dinamit sabab bo‘lgan.

Bosh vazir Narendra Modi halok bo‘lganlar oilalariga 200 000, jarohat olganlarga esa 50 000 rupiy miqdorida moddiy yordam ajratilishini aytdi.

D.Hakimov, O‘zA