Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hind kompaniyasi Oʻzbekiston bilan aniq yoʻnalishlarda hamkorlik oʻrnatishga tayyor
14:50 / 2020-08-29

Oʻzbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi tomonidan Hindistonning yirik konsernlaridan biri “Mahindra Group” kompaniyalar guruhi boshqaruv kengashi aʼzosi Manoj Chug bilan videomuloqot oʻtkazildi.


Oʻzbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi tomonidan Hindistonning yirik konsernlaridan biri “Mahindra Group” kompaniyalar guruhi boshqaruv kengashi aʼzosi Manoj Chug bilan videomuloqot oʻtkazildi.

Onlayn uchrashuvda hind konserni vakili Oʻzbekiston iqtisodiyotining mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa koʻplab sohalardagi ulkan salohiyatini alohida taʼkidladi. Manoj Chugga koʻra, “Mahindra Group” tarkibiga kiruvchi tegishli kompaniyalarning oʻzbekistonlik hamkorlar bilan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, AKT, muqobil energiya manbalari va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha aniq rejalari mavjud.

Bu borada Manoj Chug konsern vakillari mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda tegishli marketologik tadqiqotlar oʻtkazish va yaqin kelajakda Oʻzbekistonga kelib, imkoniyatlarni joyida oʻrgangan holda batafsil muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi.

Qariyb 75 yillik rivojlanish yoʻlini bosib oʻtgan “Mahindra Group” konserni bugungi kunda 10 dan ortiq ilgʻor sanoat yoʻnalishlarini qamrab olgan va dunyo boʻylab 60 ga yaqin yirik ishlab chiqarish korxonalariga ega.

Konsernning avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalari, metallurgiya, muqobil energiya manbalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish, mudofaa, logistika kabi yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarida 250 mingdan ziyod kishi ish bilan band.

“Mahindra Group” tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mashinalari va avtomobillar nafaqat Hindiston, balki jahonning qator rivojlangan davlatlari bozorlarida mustahkam oʻringa ega.