Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hind aktrisasi Hema Malini O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida olinadigan filmda suratga tushadi
12:04 / 2022-09-16

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida «O‘zbek kino kunlari»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Hindistonning «Kartina entertainment» studiyasi hamkorlikda «Yulduz» filmini suratga olish bo‘yicha xalqaro memorandum imzolandi.

– Bugun biz uchun juda muhim kun. Nihoyat O‘zbekiston bilan qo‘shma film yaratish bo‘yicha memorandum imzoladik, – dedi hind prodyuseri va rejissyori Sarfaraz A’lam. – Bu myuzikl drama bo‘lib, sevgi-muhabbat haqida. Asosiy maqsad – ikki mamlakat san’ati va me’morchiligi tarixini o‘zaro bog‘lashdir. Xususan, milliy musiqa janrlari ham tarannum etiladi. Filmda ishtirok etish uchun biz Bollivudning «Zita va Gita» filmidagi roli bilan tanilgan afsonaviy Hema Malini, «Bobbi» filmining bosh qahramoni Dimpl Kapadya kabi mashhur aktrisalarni ham taklif qildik.

Shuningdek, «Disko raqqosasi» filmining bosh qahramoni Mithun Chakraborti va boshqa yosh aktyorlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Hozir Buxoroda s’yomka jarayonlarini amalga oshirishni mo‘ljallab turibmiz. Ishonchim komilki, O‘zbekiston bilan yana ko‘plab loyihalarimiz bo‘ladi.

Shuningdek, turk, eron, qozoq, qirg‘iz aktyorlari ham mazkur filmlarda rol ijro etish takliflarini qabul qilmoqda. O‘zbek aktyorlariga ham xalqaro filmlarda suratga tushish takliflari bildirilyapti. Xalqaro festival xorij kinoijodkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.


D. Mamatova, O‘zA