Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Himoya kombinezonlari topshirildi
00:47 / 2020-04-18

Butun dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi yurtimizni ham chetlab oʻtmadi.

Butun dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi yurtimizni ham chetlab oʻtmadi. Mamlakatimizda kasallik tarqalishining oldini olish, pandemiyani talafotlarsiz oʻtkazish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Mana shunday qiyin sharoitda xalqimiz tinchligi, xotirjamligini taʼminlash yoʻlida fidoyilik koʻrsatayotgan, kechani kecha, kunduzni kunduz demay, tunu kun mehnat qilayotgan shifokorlarimiz, tartib posbonlari-yu, qonun himoyachilarimiz mehnati har qancha tahsinga loyiq.

photo_2020-04-18_00-36-05.jpg

photo_2020-04-18_00-35-41.jpg

17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi hamda “Istiqlol tekstil dizayn” korxonasi tashabbusi bilan poytaxtimizga kirib keladigan barcha postlarda tunu kun navbatchilikda turgan Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari Milliy gvardiya va boshqa tegishli idoralar xodimlariga xizmatda turgan paytida koronavirusdan himoyalanish uchun kiyiladigan maxsus kombinezonlar homiylik yoʻli bilan taqdim etildi.

“Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati homiyligida amalga oshirilgan ushbu aksiya doirasida mingdan ziyod maxsus kombinezon tayyorlandi.

photo_2020-04-18_00-36-09.jpg

photo_2020-04-18_00-36-02.jpg

– Bugun poytaxtimizga kirib keladigan barcha postlarda navbatchilikda turgan xodimlarimizga “Istiqlol tekstil dizayn” korxonasi tomonidan maxsus himoya kiyimlari tarqatildi, – dedi Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Rashid Jalilov. – Mazkur maxsus kiyimlarning ixchamligi va qulaylik tomonlari koʻp. Qolaversa, kiyimlar pishiq materialdan tikilgan boʻlib, qayta-qayta yuvib foydalanish mumkin.

Taʼkidlash joizki, kombinezonlar davlatimiz rahbarining maxsus farmoni bilan tashkil etilgan mamlakatimizning chekka hududlaridagi tikuv sexlarida tayyorlandi.

photo_2020-04-18_00-36-13.jpg

photo_2020-04-18_00-35-55.jpg

– Bu ishga yuzdan ziyod tikuvchi jalb etilgan. Mazkur sexlarga xomashyo yetkazib berdik, mablagʻ bilan taʼminladik. Bunday xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettirish niyatidamiz, – dedi “Istiqlol tekstil dizayn” korxonasi taʼsischisi, senator Baxtiyor Umarov.

photo_2020-04-18_00-35-32.jpg

photo_2020-04-18_00-35-50.jpg