Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Himolay tog‘larida “qor odami” izlari topildimi?
15:59 / 2019-04-30

Hindiston armiyasining alpinistik ekspeditsiya guruhi Himolay tog‘larida “qor odami” izlari aniqlangan.


Hindiston armiyasining alpinistik ekspeditsiya guruhi Himolay tog‘larida “qor odami” izlari aniqlangan. 

RIA Novosti hind harbiylarining Tvitterda qoldirgan shu haqdagi qaydlarini keltirgan. Unda to‘qqizinchi aprel kuni Hindiston armiyasining alpinistik ekspeditsiya guruhi Makalu bazasi lageri yaqinida afsonaviy qor odamining ulkan oyoq izlarini topishga muvaffaq bo‘lgani aytiladi. 

Qaydlar bilan birgalikda fotosurat ham e’lon qilingan bo‘lib, unda qordagi yirik oyoq izlarini ko‘rish mumkin. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hind harbiylarining ushbu topilmasiga shubha bilan qaragan. Ularning ko‘pchiligi “qor odami” haqidagi farazlar fanda o‘z isbotini topmagani, bu navbatdagi uydirma ekanini yozadi.