Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hilola Artikboyeva Osiyo chempioni bo‘ldi
09:35 / 2022-03-20

Joriy yilning 16-19 mart kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida sportning kurash turi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 10-sinf o‘quvchisi Artikboyeva Hilola 52 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi.

Hilola Osiyo chempionati davomida Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron va finalda xitoylik sportchilarni mag‘lub etdi. Hilola Artikboyeva Sirdaryo viloyati tarixida milliy kurash turi bo‘yicha ilk marotaba xalqaro maydonda oltin medal olgan sportchiga aylandi.

Sh. Suyarov, O‘zA.