Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hibsga olingan 516 kishidan nega faqat 22 nafari sudlanayotganiga aniqlik kiritildi
12:09 / 2022-11-30

Buxoro viloyati sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.

Xabaringiz bor, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Feruza Eshmatova rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzilgan edi. 

Mazkur komissiya a’zolari sudda ishtirok etib, jarayonlarni bevosita kuzatib bormoqda.    

Ma’lumki, Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura mas’ullarining iyul oyida ommaga e’lon qilgan ma’lumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qo‘lga olingani ma’lum qilingan.  

Jamoatchilikda nega faqat 22 shaxs sud qilinmoqda, qolgan shaxslar qayerda, degan haqli savol tug‘ilmoqda.    

Bu savolga javoban Mustaqil komissiya qo‘lga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarilganini ma’lum qildi. Qolgan shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.  

Sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan komissiya a’zolarining ma’lum qilishicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq o‘tkazilmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA