Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hech qachon urush bo‘lmasin” (+video)
12:41 / 2022-05-08

9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Prezidentimizning ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘iga binoan soliq tizimi xodimlari xorazmlik faxriy Sobir ota Qurbonov holidan xabar oldi.

Qariyalarni yo‘qlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Shu bois yoshi ulug‘lar hamisha e’zozlab kelinadi. Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va keng jamoatchilik Urganch shahridagi yangi barpo etilgan Ashxobod massivida yashayotgan 99 yoshni qarshilagan Sobir ota Qurbonov bilan suhbatlashdi. Suhbatda tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlikning ahamiyati, tinchlikning qadri haqida so‘z bordi.

Asli Shovot tumanida tug‘ilgan Sobir Qurbonov 1942 yilning 20 iyunida ko‘pchilik qatori frontga olib ketadi. 1945 yilning aprel oyida Pribaltikani fashist bosqinlaridan tozalaganidan keyin fashistlarni Berlingacha quvib bordi. G‘alaba bayramidan keyin 1945 yilning 26 may kuni uyga qaytadi.

– Hech qachon urush bo‘lmasin, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sobir ota Qurbonov. – Mana necha yildirki o‘sha mudxish kunlarni eslayman. Qanchadan qancha do‘stlarim qurbon bo‘ldi. Bugun esa rohat-farog‘atda umrguzaronlik qilayapman. Mana yangi uy ham berishdi. Men haqimda bir nechta kitoblar ham yozishdi. Yana bir katta asar chop etishmoqchi. Ilohim yurtimizga ko‘z tegmasin.

Sobir ota hozir ham sport mashqlari, uy-ro‘zg‘or ishlari va tomorqa yumushlarini bajarishni kanda qilmaydi. Salomatligiga esa o‘ta jiddiy yondashadi. Bu jarayonlarni uning shaxsiy hamshirasi nazorat qilib boradi.

Otaxon elga farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tilab duo qildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/f5L-a-W1dBQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov, O‘zA