French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hech qachon muammo urush, janjal, tartibsizlik bilan hal etilmagan...
10:08 / 2022-01-10

Biz yashayotgan jamiyatda – XXI asrda maksimalist odamlar, ya’ni haddan ziyod narsani birdaniga qӯlga kiritish ilinjidagi kishilar kӯpayib ketayotgandek. Sababi, shu qadar taraqqiyot, sharoit, imkoniyat va erkinlikka qaramay, dunyoning turli mintaqalarida hamon ziddiyat, norozilik, qarama-qarshiliklar avj olmoqda. Afsuski, buni ijtimoiy ehtiyojlar deb bӯlmaydi. Bu ixtilof va tartibsizliklarning zamirida egoizm, ma’lum bir guruhlarning manfaatlari aks ettirilgan.

OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim hududlarda odamlar qon tӯkayotgani, ӯzaro nizo va adovatlar avj olib, notinchlik yuzaga kelayotgani, qurbonlik, ekstremistik, millatchilik va shovinistik g‘oyalar bilan yӯg‘rilgan urush-janjallar global xavf-xatarlarni olib kelayotgani hammamizni hushyor torttirishi kerak. Chunki bu kabi jarayonlar ortidan paydo bӯlgan va yangicha talqinlari yuzaga kelayotgan «rangli inqiloblar» jamiyatda xos holatini keltirib, tanazzul sari yetaklaydi. Bu esa boshqa, aniqrog‘i, «rangli inqilob» mualliflariga maqsadlarini amalga oshirishi uchun muhim omil hisoblanadi. Sodda tilda aytadigan bӯlsak, har bir jamiyat a’zosi ӯz manfaatlarini ongli anglab, ӯzgalar manfaati qurboni bӯlmasligi darkor. 
Hech qiziqib kӯrdingizmi, rangli yo «tviter»-cha inqiloblar qayerdan paydo bӯldi? Ularning mualliflari kimlar? Gap shundaki, gegemonlik vasvasasiga berilgan ba’zi bir mamlakatlarning nisbatan kuchsizroq mamlakatlarni bӯy sundirib, undan ӯz manfaatlari yӯlida foydalanishi uchun bu kabi inqiloblar ssenariysi ӯylab topilgan.  
Qizig‘i shundaki «rangli inqilob» yuz bergan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mamlakatlarda faqat tartibsizlik, xunrezlik, iqtisodiy nochorlik va parokandalikni keltirib chiqardi.
Tahlilchilarning fikricha, bu kabi inqiloblar xalq uchun faqat kulfat va mashaqqatni kuchaytirgan, imkoniyat va sharoitlarni toraytirgan, zӯravonlik va tartibsizliklarni kuchaytirib, ӯn yillab taraqqiyotni ortga surishiga sababchi bӯlgan. Tashqi kuchlargina bundan foyda kӯrgan xolos. Tabiiyki, bu hech bir axloqiy, ijtimoiy-siyosiy adolat mezoniga tӯg‘ri kelmaydi. Terminologik jihatdan ta’rif berilganda, aslida «inqilob» sӯzi kӯpincha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qӯqqisdan, zӯrlik bilan, e’tibor bering, zӯrlik bilan ӯzgartirishni anglatadi. Ya’ni bu bosqichma-bosqich, evolyutsion ӯzgarish, taraqqiyotning aksi hisoblanadi. Vaholanki, har qancha urinmaylik tabiat ham, uning qonuniyatlari bilan «yashayotgan» jamiyat, inson ham evolyutsion jarayonlar orqali shakllanadi.

MA’LUMOT KELTIRSAK...

Yaqin Sharqda ӯn yilcha oldin avj olgan «rangli inqilob» xunuk oqibatlarga olib kelingani shunchaki gap bӯlmasligi uchun bir ma’lumotni ma’lum qilsak: inqilob natijasida qochoqlar soni 9 baravar oshdi, terrorizm xavfi kuchaydi, ayrim xorijiy kuchlarning bilvosita ishtiroki kabi holatlar mamlakatda erkinlik ӯrniga kӯproq qaramlik hissini kuchaytirdi. 
Bu mulohazalarni shunchaki bayon qilmayotganimizni yaxshi anglayapsiz. Muddao, borining qadrini bilmagan, boridan ham ayrilishi mumkin. Shuni unutmasligimiz kerak! Zero qӯshni mamlakatlarimizda, ayni vaqtda Qozog‘istonda bӯlayotgan voqea-hodisalardan tӯg‘ri xulosa chiqarishimiz, sub’ektiv fikrimizni bildirishdan oldin ijtimoiy umum manfaatlarni, fikrlarni tahlil etishimiz kerak. Erkin fikr, erkin sӯz degani bugun kallasiga nima gap kelsa, darrov uni keng jamoatchilikka, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish degani emas. Zero ijtimoiy tarmoqda bildirilayotgan, aytilayotgan fikrlarning ayrimlari sub’ektiv, bir tomonlama va hissiyotga berilish, bӯrttirishni anglatmoqda. 
Unutmaslik kerakki, hech qachon muammo urush, janjal, tartibsizlik bilan hal etilmagan, aksincha qayerdaki qarama-qarshilik, zӯravonlik, tartibsizlik bӯlsa, ӯsha joy muammolar girdobida tushib qolgan. Shuning uchun hamma holatda me’yorni bilish lozim. Faylasuf Demokrit ta’kidlaganidek, «Me’yor hissi ezgu va baxtli hayot uchun zarurdir». Vaholanki qӯshni mamlakatdagi sӯnggi voqealar, qonli tӯqnashuvlarda bu narsa kӯrinmayapti.
E’tibor bergan bӯlsangiz, avval gaz narxi oshishidan norozi odamlar namoyishi, ularning talabi qondirilgach, ijtimoiy-siyosiy namoyish va harakatlarga aylanib, vaziyat va talablar keskin ӯzgarib, boshqacha tus oldi. Eng achinarlisi, bu mamlakat suverenitetiga tahdid solish bilan birga, iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy zararlarni keltirib chiqarmoqda.
Bu masala mamlakatning ichki ishi, muammosi albatta. Biroq «qӯshning tinch – sen tinch» degan xalqimiz maqoli bejiz emas. Biz qӯshni mamlakatlarimizda faqat tinchlik va osoyishtalik bӯlishi tarafdorimiz.  
Bir necha kundan buyon namoyishlar tӯxtamayotgan Qazog‘istonda afsuski, yuzlab harbiylar va qurollangan namoyishlar ӯrtasida otishma boshlanib, odamlar qurbon bӯldi, yuzlab odamlar notinch yashamoqda. Xӯsh, bu nimani anglatadi? Demokratiyanimi, erkinliknimi? Aslo! Aksincha bu voqealar rivoji zӯravonlik va tanazzulni keltirib chiqarishi mumkin. Yana bir gap. Bu qadar g‘ala-g‘ovur va notinch namoyishlarda na aniq maqsad va na aniq reja va na aniq strategiya kӯrinmaydi. Shu joyda umuman rejasiz harakatdan kӯra u qadar mukammal bӯlmasa-da, mavjud amal qilayotgan reja afzalroqdir, degan siyosiy fikr tӯg‘riroq, menimcha. 
Butun insoniyatning ezgu orzu – intilishi, bu – erkin, farovon, tinch osoyishta yashab, urush degan baloni kӯrmaslik. Qolaversa baxtli saodatli yashash. Hech kim urushni istamaydi, qashshoqlik va tanazzulni ham. Shunday ekan, biz qayerda yashashimiz, qayerda bӯlishimizdan qat’i nazar, ӯzaro tinchlik – totuvlikni, ahillik, oqilona va odilona muzokara, hurmat va mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni yuksak qadrlashimiz, targ‘ib etishimiz va bunga albatta amal qilishimiz kerak.  


Bahodir RAHMONOV, 
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati 
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori