O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Buxoro shahar bo‘linmasi jamiyat a’zolariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro shahar bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan bayramona dasturxon tashkil qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Bayram katnashchilarini tabriklab, hech kim mehr va e’tibordlan chetda qolmayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan barcha jamiyat a’zolariga bayram sovg‘alari berildi.
***
Buxoro viloyati Jondor tumanida hayotda turli sabablarga ko‘ra oilasidan ajrashgan yoki boquvchisini yo‘qotib, norasida farzandlari bilan ko‘chada qolgan, oylab, hatto yillab ijarama-ijara sarson-sargardonlikda yurgan madadga muhtoj xotin-qizlar ahvolini yaxshilash maqsadida ko‘plab xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tashkil etilgan qabulda ayollarning murojaatlari tinglandi. Ushbu murojaatlarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli soha vakillari hamda “Mahalla xayriya jamoat fondi” tuman bo‘limiga aniq topshiriqlar berib, muddat belgilandi.
–Har bir ayolning farzandi bilan bir shinam xonada risoladagidek, umrguzaronlik qilishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida ushbu maskanga keldik, – deydi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rahmonova. – Ushbu maskandagi barcha kamchiliklarni bartaraf etib, ayollarimizga munosib sharoit yaratib berish bizning asosiy vazifamiz.
Shuningdek, xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi tomonidan yetkazib berildi.
Zarif Komilov, O‘zA