Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
16:15 / 2023-08-19

Buxoro viloyati Shofirkon tumani hokimi A.Fayzilloyev tashabbusi bilan mustaqillik bayrami arafasida “Ayollar daftari” ning 6-toifasiga kiritilgan xotin-qizlar, 75 nafar imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram dasturi o‘tkazildi.

Tadbir Mahalla xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘linmasi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi. 

– Dunyoda xursandchilik ko‘p, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Dilorom G‘afforova. – Ammo, bolajonlarning sho‘x-shodon kulgilari, xursandchiligini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Xalqimiz bolajonligi bilan tanilgan. Tashkil etilgan tashabbusdan asosiy maqsad ham shunda, imkoniyati cheklangan bolajonlarga mehr va quvonch ulashishdir. 

Tadbirda bolajonlarning ijodiy ishlari hamda qo‘l mehnati asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Ko‘rgazmada o‘zining yurtimiz tabiati hamda go‘zalligini aks ettirgan rasmlari bilan ishtirok etgan Shohrux Axtamov e’tibor hamda e’tirof uchun mamnunligini bildirdi. 

Tuman madaniyat va turizm bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. 

Zarif Komilov, O‘zA