Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas
18:55 / 2023-05-02

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, ayniqsa, ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘z navbatida aholi kayfiyatini ko‘tarib, ularni davlat g‘amxo‘rligini his etib, hayotdan rozi bo‘lib yashashga undamoqda.

“Inson qadri uchun” tamoyili ijrosidan kelib chiqqan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mablag‘lari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida Namangan viloyatida nogironligi bor, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun jami 100 ta elektron yuritmali nogironlik aravachasi tarqatilmoqda.  

Mazkur zamonaviy elektron yuritmali aravachalar davlat va jamoat tashkilotlari hamda sektor rahbarlari ishtirokida joylarda o‘z egalariga topshirilmoqda. Xususan, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Yangiqo‘rg‘on tumanida imkoniyati cheklangan yetti nafar yosh bilan uchrashib, ularga so‘nggi rusumdagi elektron yuritmali nogironlik aravachalarini topshirdi.

– 19 yoshli o‘g‘lim Abdumajid oyog‘ida rivojlangan kasallik sababli yetti yildan buyon aravachaga mixlanib qoldi. Oddiy aravachani boshqarishda qiynalar edi, – deydi Zarkent mahallasida yashovchi fuqaro Abdulaziz Hakimjonov. – Mana, hukumatimizning amaliy tashabbusi bilan unga o‘zi yurar aravacha berildi. Bunday g‘amxo‘rlikdan boshimiz osmonga yetdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA