Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas!
Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas! Bu shior bugungi kunda OʼzLiDePning ham amaliy ishlarida oʻz aksini topmoqda.
Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas! Bu shior bugungi kunda OʼzLiDePning ham amaliy ishlarida oʻz aksini topmoqda.
OʼzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlab “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.
OʼzLiDePning navbatdagi tadbiri Fargʻona “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida oʻtkazildi.
– Yurtboshimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeini taʼminlash, salomatliklarini tiklash, moddiy va maʼnaviy koʻmak berish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, deydi – OʼzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi apparat rahbari Nafisaxon Elchiyeva. – Bugun bu saxovat uyida tashkillashtirilgan tadbirimiz ham yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning ijrosidir.
– Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda Prezidentimiz tomonidan 14 mlrd. soʻm pul mablagʻi ajratilib, binolarimiz qayta rekonstruksiya qilindi. Bu maskanda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hattoki, bu yerda istiqomat qiluvchi fuqarolarning istaklari bilan taomnomalar tuziladi, ular aytgan taomlar tayyorlanadi, – deydi Fargʻona “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi direktori Nigoraxon Asqarova.
Istiqlol ayyomi oldidan tashkillangan saxovat tadbirida partiya masʼullari bu yerda yashovchilar bilan suhbatlashar ekanlar, nuroniylar yuz-koʻzida shukronalik zohir. Ular oʻzlariga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtiboru eʼzozdan mamnunlar.
Tashrif doirasida internat uyiga OʼzLiDePdan saylangan Fargʻona viloyati Kengashi deputati Asqar Qodirov tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shohsulton Toʻxtamatov,
OʼzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi