Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi
17:14 / 2023-11-30

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi hamkorligida bir paytlar harbiy qismlarda xizmat qilgan, ammo hozirda og‘ir xastalikka chalinib qolgan sobiq harbiy xizmatchilar holidan xabar olindi.

Xususan, Qarshi tumani Shodlik MFY “Hilol” qishlog‘i “Bunyodkorlik” ko‘chasi 8-uyda yashovchi (ilgari Xonabod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda xizmat qilgan) og‘ir kasallikka chalinib yotib qolgan 1-guruh nogironi zaxiradagi serjant Abdurasul Husanov xonadoniga borib, uning holidan xabar olindi va unga nogironlik aravachasi topshirildi. 

Bundan tashqari, Qarshi tumani “Parvoz” mahallasida yashovchi harbiy xizmatchi Mirzaliyev Matlabning farzandi Laziz O‘rolovga eshitish moslamasi ham berildi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri