Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hech bir bola betob bo‘lmasin
11:56 / 2021-02-15

15 fevral – Xalqaro bolalar saratoni kasalligiga qarshi kurashish kuni

Bolalar milliy tibbiyot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan 15 fevral – Xalqaro bolalar saratoni kasalligiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Ezgu amal” va “Zamin” fondi vakillari, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari shifokorlari, vazirlik mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova mamlakatimizda bolalar gematologiya va onkologiyasi sohasidagi islohotlar jadal davom etayotganini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 avgustdagi “2020-2022 yillarda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan, barcha hududlardagi bolalar ko‘p tarmoqli markazlarida yagona umumlashtirilgan bo‘limlar faoliyatining tashkil etilishi, “Bolalar gematologiya va onkologiyasi” yunalishida magistratura, ixtisoslashish va malaka oshirish kurslari dasturi asosida kadrlar tayyorlanishi borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda.

Mutasaddilarning so‘zlariga ko‘ra, dastlab bu ishlar Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro standartlar asosida boshlandi. Yaqin istiqbolda ushbu markaz tajribasi hududlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida ham joriy etiladi. Bolalarga gemato-onkologik yordam berish sifatini jahon andozalari darajasiga chiqarish yuzasidan hududlardagi holatni o‘rganish bo‘yicha monitoring guruhi va savolnoma shakllantirilib, guruhlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari tahlil etilgan holda “Respublikada bolalar gematologiya va onkologiyasi xizmatini rivojlantirish va bu sohada tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasida bolalar gemato-onkologiya xizmatining rivojlanishi to‘g‘risida Rogachev nomidagi bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiyasi milliy tibbiy tadqiqot markazi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Rumyansevning video chiqishi ham ishtirokchilarga namoyish etildi.

Tadbirda Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Barno Abdusamatovaning “Respublikada bolalar gematologiya va onkologiyasi xizmatini rivojlantirish va bu sohada tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga oid “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi.

M. Qosimova, O‘zA