Hazratova To‘lg‘anoy Yashin qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tajribalar va nazariy usullar orqali paxta iplarining nochiziq mexanik xususiyatlarini aniqlash” mavzusida
Hazratova To‘lg‘anoy Yashin qizining 05.06.01 – “To‘qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” ixtisosligi bo‘yicha “Tajribalar va nazariy usullar orqali paxta iplarining nochiziq mexanik xususiyatlarini aniqlash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti” huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-dekabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon-5, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
Tel.: (+99871) 253-06-06, 253-08-08
e-mail: ttyesi_info@edu.uz