Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayvonot dunyosiga 200 million so‘mga yaqin zarar yetkazgan qonunbuzarlar
16:55 / 2022-01-21

Avvalroq noma’lum shaxslar Taxtako‘pir tumani “Qonыratkol” OFY cho‘l hududi, “Tasbergen” kran atrofida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 14 bosh jayron hamda 5 dona quyonlarni noqonuniy ravishda ovlab, davlat inspektorlari yaqinlashib kelayotganligini ko‘rib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida voqea joyidan qochib ketgan no’malum shaxslar Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqarolar M.M va U.X hamda Taxtako‘pir tumanida yashovchi fuqarolar B.A, N.Qlar ekanligi aniqlangan.

Fuqarolar M.M va U.X hamda B.A, N.Qlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarini buzib, O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 190 mln. 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan  Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.