Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va ichki ishlar organlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Sardoba suv omboridan fuqarolar S.Q va Sh.E taqiqlangan usullar va ov qurollari bilan 6 turdagi 388 dona baliq ovlagani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 35, 53-moddalari talabini buzgan huquqbuzarlarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hayvonot dunyosiga 105 million 870 ming so‘m miqdorda zarar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi sababli ushbu holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida prokuraturaga taqdim etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Huquqbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida 2 dona rezina qayiq, 4 dona eshkak va baliq tutishga mo‘ljalangan 4 dona to‘r olib qo‘yildi.
O‘zA