English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayvonlarni vaksinatsiya qilishda yangi tizim joriy qilinadi
16:51 / 2022-09-14

Vazirlar Mahkamasining “ Hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklariga qarshi vaksinatsiya tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga  muvofiq, hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklariga qarshi vaksinatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Vaksinatsiya tadbirlari o‘tkazish monitoring ma’lumotlariga, ya’ni  O‘zbekistan Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan har yili 1 oktyabrga qadar ishlab chiqilgan prognozga asoslanadi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ham hisobga olinadi. 

Emlash mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va foydalanish uchun ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi. 

Vaksinatsiya Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq o‘tkaziladi. 

Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari vaksinatsiya tadbirlarining doimiy monitoringini yuritib boradi. 

Monitoring epizootik nosog‘lom hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, klinik, patologoanatomik va laboratoriya tekshiruvlar o‘tkazish, kasallanish dinamikasi, hayvonlarni boqish va oziqlantirish, chorvachilikning veterinariya-sanitariya holati, veterinariya xizmatining sifat darajasi, epizootik o‘choqni kuzatish hamda boshqa usullar yordamida olingan ma’lumotlarni baholash imkonini beradi. 

Monitoring orqali mavjud vaziyat aniqlanadi, epizootik o‘choqlar tahlil qilinadi va olingan ma’lumotlar baholanib, zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan majburiy vaksinatsiya tadbirlari o‘tkaziladi hamda doimiy nazorat o‘rnatiladi. 

 

                                                                                               O‘zA