French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimi takomillashtiriladi
19:39 / 2024-01-03

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimining tartib-taomillari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, chorvachilik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 24 avgustdagi PQ-285-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi: 

hayvonlarning yashash davri davomida ularning kelib chiqishi, ko‘payishi (ko‘paytirilishi) va harakati, shuningdek, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi profilaktika, tashxis qo‘yish va davolash ishlarida hayvonlarni kuzatish;

ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida so‘yishga bo‘lgan ortiqcha talablarni bekor qilish. 

Mazkur qaror chorva mollari naslini yaxshilash, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini beradi.

O‘zA