Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosati yuritiladi
17:57 / 2025-02-05

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamkorlikda “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining dolzarb ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini yanada ko‘paytirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilishni samarali tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Seminarda bugungi kunda Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan — “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish, mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash masalalari nazarda tutilayotgani qayd etildi.  

Mazkur qonun loyihasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, hayvonlarning hisobini yuritish, ularning nasli va sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizimda jamlash nazarda tutilmoqda. 

Shu bilan birga, sohaga mas’ul bo‘lgan organlarning vakolatlari, hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarning va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab qo‘yilmoqda. O‘z o‘rnida hayvon egalarining manfaatdorligi va mas’uliyati oshirilmoqda.  

Qonun loyihasining qabul qilinishi chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarni sifatli chorva mahsulotlar bilan ta’minlash, veterinar osoyishtalikni ta’minlash, xususan, hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishining oldini olishga xizmat qiladi.  

Seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.  

M.Komilova,

O‘zA