«Hayrat» filmi Rossiyada o‘tkazilgan kinofestivalda taqdirlandi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan «Hayrat» filmi Rossiyaning Yaroslav shahrida o‘tkazilgan «Prosto xoroshee kino» kinofestivalida taqdirlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.
Mukofotni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev qabul qilib oldi.
Ushbu fantastik kinokartinada bir ssenariynavisning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.
Kinofestival 30-martga qadar davom etadi.
N.Usmonova, O‘zA